Toshkentda muqaddam javobgarlikka tortilgan fuqaro yana noqonuniy baliq ovlashga urindi 
23.
05. 2023
12:45
2407
Янгиликлар

Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya nazorat inspeksiyasi va Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida noqonuniy baliq ovlanishining oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi "Anhor" kanalida o‘tkazilgan tadbir davomida shubhali "Damas" rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi. Natijada transport vositasida  baliq ovlashga mo‘ljallangan elektr qarmoq, akkumulyator va rezina qayiq borligi ma'lum bo‘ldi.  Noqonuniy ov vositalari belgilangan tartibda olib qo‘yildi hamda transport vositasi maʼmuriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar jarima maydonchasiga joylashtirildi. 

Ayni damda tegishli hujjatlar qonuniy baho berish uchun sud organlariga yuborishga tayyorlanmoqda.

Ta'kidlash kerakki, ushbu fuqaro xuddi shunday holat bo‘yicha muqaddam javobgarlikka tortilgan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudi tomonidan hukm chiqarilgan. Hukmga ko‘ra, hayvonot dunyosiga yetkazilgan 531 000 000 so‘m miqdoridagi zarar belgilangan tartibda undirilishi belgilangan.

Фойдали манбалар