O‘zbekistonning yirik loyihalarini moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
24.
05. 2023
16:34
2519
Янгиликлар

Bugun Toshkentda “Loyiha va infratuzilmalar uchun moliyaviy yechimlar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Tabiat resurslari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “O‘zsuva’minot” AJ xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada Buyuk Britaniyaning "Standard Chartered" va "UK Export Finance" banki tomonidan O‘zbekistonning yirik investitsiya, infratuzilma va davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi. 

Shuningdek, O‘zbekistonning bozor tavakkalchiligi borasida UKEFning (United Kingdom export finance — Buyuk Britaniya eksport moliyasi) 3 mlrd funt sterling miqdordagi sug‘urtasi limitidan foydalanish taklif qilindi.

Bundan tashqari, konferensiyada Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov tomonidan mamlakatda bioxilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yashil iqtisodiyot tamoyillariga o‘tish va yashil rivojlanish modellarini ishlab chiqish borasidagi olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Фойдали манбалар