Koreya instituti bilan 6,6 mln АQSh dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish boʼyicha bitim imzolandi
27.
05. 2023
10:03
3643
Янгиликлар

Janubiy Koreyada Tabiat resurslari vazirligi va Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) o'rtasida Jizzax viloyatida tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obyektlarni qurish loyihasi doirasida dastlabki istiqbollari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, Tabiat resurslari vazirligi Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) bilan qiymati 6.6 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitim imzoladi.

Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obyektlarni qurish loyihasi doirasida koreyalik mutaxassislar ushbu loyihaning ahamiyati va samaradorligi toʻgʻrisida atroflicha ma’lumot berishdi.

Qayd etish joizki, loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar: 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yigʻish inshootini qurish, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin boʻlgan chiqindi gaz yigʻish tizimini qurish, kuniga 5-10 tonna tibbiyot chiqindilarni yoqish inshootini oʻrnatish, moddiy texnik bazani mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va boshqa qurilmalar xarid qilish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini qurish, 5 ta yangi poligon qurish hamda yangi qurilgan poligonlarga tibbiyot chiqindilarni yoqish usuli bilan yoʻq qilish uskunasi, kompost qilish uskunasi, konteynerlar va maxsus texnikalar xarid qilish ko'zda tutilgan.

Uchrashuvda kelgusida KEITI ning Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur ofis butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy markaz sifatida xizmat qiladi.

Tashrif yakunida KEITI Tabiat resurslari vazirligi bilan o'zaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi. Qolaversa, kelgusida hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʻtarish muhim ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda kelgusida KEITI ning Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Tashrif yakunida Choy Xyong Jin Tabiat resurslari vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidlab, kelgusida hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʼtarish muhim ekanligini ta'kidladi.

Фойдали манбалар