7-iyun kuni soat 10.00 da "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida “Mehmonxona biznesiga yashil texnologiyalarni joriy etish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida Mehmondo‘stlik akademiyasi va Mehmondo‘stlik uyushmasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Tadbirda ekologik xavfsizlik va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga qaratilgan yangi texnologiyalar muhokama qilinadi. Bu mehmondo‘stlik sanoati vakillari uchun innovatsion ishlanmalar bilan tanishish va bu boradagi tajriba almashish uchun noyob imkoniyatdir.
Tadbirda ishtirok eting va barqaror kelajakning ajralmas qismiga aylaning.
Qatnashish uchun so‘rovnomani quyidagi havola orqali toʻldirishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeOMa3hbHC48lKRLjw5sUHNTW6rz7gel-n5zmvR1c8l3httIw/viewform?usp=sf_link