Bo‘stonliqda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab tog‘li hududlarni chiqindilardan tozalash bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazildi
06.
06. 2023
15:59
2715
Янгиликлар

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, vazirlik tizimidagi tashkilotlar hamda Bo'stonliq tumani hokimiyati vakillari, jami 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Aksiya davomida belgilangan 7 gektar maydon chiqindilardan tozalandi. 3 tonnadan ziyod chiqindi yig'ilib, sanitar tozalashga ixtisoslashgan "Rahnamo Servis" MCHJ maxsus texnikalari yordamida chiqindi poligoniga olib ketildi.



Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz!

#BeatPlastikPollution, #БойЗагразянениюПластиком, #PlastikIfloslanishgaQarshimiz

Фойдали манбалар