Ekologiya vazirligi va Bojxona qo‘mitasi xodimlari Monreal protokoli medallari va sertifikatlari bilan taqdirlandilar
06.
06. 2023
19:49
2998
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ekologiya vazirligi, Bojxona qo'mitasi xodimlari, BMTning tashkiliy tuzilmalari, xususan, BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP), BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN), Global yashil o'sish instituti (GGGI) hamda Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ham ishtirok etdi.

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinganligi va sohaga bo'lgan e'tibor yanada kuchayganligini ta'kidladi.

Tadbir davomida iqlim oʻzgarishi, ekologik muammolarni hal qilish, jamiyatimizda ekologik madaniyatni shakllantirish borasida xalqaro hamkorlar bilan birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ekologiya vazirligi va Bojxona qo'mitasi xodimlari global isish natijasida ozon qatlamini yemiruvchi moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashdagi qat'iy pozitsiyalari uchun Monreal protokoli medallari va sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.

Фойдали манбалар