Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrining Yangibog’ MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog’liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. Bu holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.T. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi va unga 3 300 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi.
Unutmang! Atrof-muhitga yetkazilgan har qanday zarar, albatta, qat’iy jazolanadi.