Samarqandda tabiatga 774 mln 642 ming so‘m zarar yetkazildi
20.
06. 2023
16:20
2838
Янгиликлар

Samarqand viloyati, Bulung'ur tumanida daraxtlarni kesish bilan bog'liq huquqbuzarlik aniqlandi.



Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada Bulung'ur tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent – Samarqand M-39-avtomagistral yo‘li yoqasida yashil belbog‘ (ixota) shaklida ekilgan qariyb 50-55 yillik 9 tup qayrag‘och daraxtlari kesib tashlangani ma'lum bo'ldi. 

Shuningdek, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744 mln 642 ming so‘m zarar keltirilganligi ma'lum bo‘ldi.

Daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Eslatma! Respublikamizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat’iyan man etiladi.

Фойдали манбалар