Toshkentda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Tabiat bilan uyg'unlikda” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
23.
06. 2023
11:16
2538
Янгиликлар

24-iyun kuni Toshkent botanika bogʻida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Tabiat bilan uyg'unlikda” shiori ostida  tadbir boʻlib oʻtadi. 

Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining “EcoUnion” jamoasi vakillari tomonidan qogʻozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan toʻqish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish  kabi mashgʻulotlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, tadbirda yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik innovatsion loyihalar koʻrgazmasi taqdim etiladi. Qolaversa, ekoblogerlar, ekofaollar, yoshlar vakillari ishtirokida master-klasslar, yoshlarda hayvonlarga mehr uygʻotishga qaratilgan chiqishlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida samarali faoliyat olib borayotgan yoshlarni taqdirlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari oʻrtasida ekologiyaga oid savol-javoblar viktorinasi ham oʻtkaziladi va gʻoliblar taqdirlanadi.

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad yoshlarda tabiatga mehr uygʻotish, ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda intellektual, ijodiy salohiyatini kamol toptirishdir.

Dastur soat 10:00da boshlanadi. Tadbirning asosiy qismi va ko‘rgazma esa soat 16:00da boshlanadi.

Фойдали манбалар