Atmosferaga chiqarilayotgan zararli tashlamalar miqdori 35 ming tonnaga kamaydi
29.
06. 2023
00:02
3389
Янгиликлар

Atmosfera havosiga sanoat korxonalaridan tashlanayotgan tashlamalar miqdori oldingi yilga nisbatan 35 ming tonna (yoki 4,0 foiz)ga kamaydi
 
Ushbu koʻrsatkichga quyidagi chora-tadbirlar evaziga erishildi:

— 96 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida jami 362 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalari ta’mirlandi va yangilariga almashtirildi. Natijada atmosfera havosiga 2590,8 tonna tashlamalar tashlanishining oldi olindi;

— atrof-muhitga havflilik darajasi yuqori va oʻrta boʻlgan 43 ta yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 307 ta yangi filtr oʻrnatildi;

— “Toza havo” oyligi davomida jami 295 582 ta avtotransport vositasidan chiqqan gazlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori oʻlchandi. Me’yordan ortiqcha bo‘lgan 8041 ta avtotransport vositasining ortiqcha chiqindi gazlari tartibga keltirildi;

— atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha 245 ta korxona va tashkilot tomonidan 486 ta chora-tadbirlarning bajarilishi evaziga atmosfera havosiga 18,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar tashlanishining oldi olindi.

Фойдали манбалар