Bishkekda yovvoyi hayvon va o'simliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashga qaratilgan seminar o‘tkazilmoqda
04.
07. 2023
16:55
2571
Янгиликлар

Qirg'izistonning Bishkek shahrida Markaziy Osiyo davlatlari uchun yovvoyi hayvon va o'simliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminar Qirg'iziston Respublikasi tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vazirligi, "TRAFFIC" hamda "Fauna and Flora International" tashkilotlari tomonidan o'tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o'zgarishi vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda.
 

Ma'lumot uchun,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Qozog‘iston Bioxilma-xillikni saqlash assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Markaziy Osiyoda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan ikkita loyiha amalga oshirilmoqda. 

Ta'kidlash joizki, ushbu seminar mazkur loyihalarning baʼzi natijalarini taqdim etish, mintaqadagi yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashning dolzarbligi toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. 

Shuningdek, loyihalarning toʻrtta ishtirokchisi  – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning manfaatdor jihatlarini birlashtirish ham maqsad qilingan. 

Seminar 6-iyulgacha davom etadi.

Фойдали манбалар