Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro 1 million 650 ming so‘m jarimaga tortildi
13.
07. 2023
15:53
1890
Янгиликлар

Samarqandda Pastdarg‘om tumani Ekologiya, bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.A. "Kamolot" mahallasidagi belgilanmagan hududga chiqindi tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. J. A. bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар