Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markazida toshqirg‘iy qushining yangi tug‘ilgan bolasi qarovga olindi.
Ma'lum bo'lishicha, burgutsimonlar oilasiga mansub qush Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududida yashovchi mahalliy aholi tomonidan topib olingan va milliy bog‘ xodimlariga topshirilgan.
Ayni damda toshqirg‘iyning ahvoli yaxshi. U Zarafshon milliy tabiat bog‘ida uch hafta parvarish qilinadi. Uchishni o‘rganganidan so‘ng tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi.
Ekologiya vazirligi toshqirg‘iy bolasining ahvoliga befarq bo‘lmagan mahalliy aholi vakillariga minnatdorlik bildiradi.