Buxoro viloyatida inspektor xizmat vaqtida yaralandi
16.
07. 2023
12:24
4301
Янгиликлар

Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo'limi boshlig'i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi.

Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo'yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakonyer tomonidan o'q uzilishi natijasida qo'lidan yaralangan. Brakonyer voqea joyidan yashiringan.

Inspektorga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonyerlarni qo'lga olish choralari ko'rilmoqda.

Ma'lumot uchun, avvalroq Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasining Bekobod shahar bo'limi boshlig'i, davlat inspektori Muhammadjon Fozilov xizmat vaqtida pichoqlangandi (https://t.me/ecogovuz/43180).

Ta'kidlash joizki, Ekologiya vazirligi tashkil etilganidan buyon sohaga oid turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarni jazolash va bartaraf etishga qat'iy yondashilmoqda.

Фойдали манбалар