Jizzaxda 541 ta baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi. Zarar — 178 million 530 ming so‘m
20.
07. 2023
12:34
2878
Янгиликлар

Ekologiya vazirligining Аydar-Аrnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida Аydar-Аrnasoy ko‘llar tizimi, Аrnasoy bo‘limi hududida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Oqoltin” MFYda yashovchi fuqaro T. B. tomonidan noqonuniy baliq ovlangani aniqlandi. T. B. boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan kichik o‘lchamdagi jami 541 ta (113,5 kg) oqsila (sudak) baliqlari topildi.

O‘rganish natijasida hayvonot dunyosiga jami 178 million 530 ming soʼm miqdorida zarar keltirilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Фойдали манбалар