2532 ta tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazildi, zarar miqdori -  1 mlrd 253 ming so'm
21.
07. 2023
11:26
2231
Янгиликлар

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya bo'limi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan "Torqopchig'oy" massivi o'rmon xo‘jaligi hududida 2532 ta tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazilganligi, ildiz qismlari kavlanib, kesilganligi aniqlandi. 

Holat natijasida o'simlik dunyosiga jami 1 mlrd 253 ming so'm zarar yetkazilgan.

Ma'lumot uchun, tojik kavragi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, prokuraturaga yuborildi.

Фойдали манбалар