Qashqadaryoda tojik kavragiga yana shikast yetkazildi. Zarar miqdori – 403 million 425 ming so‘m
24.
07. 2023
14:48
2660
Янгиликлар

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazilganligi yuzasidan aholi murojaati o'rganildi.

Dehqonobod tumani Ekologiya boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o'rganish davomida "Dehqonobod kelajak tomorqa xizmati" MCHJ hududida 815 tup kavrak o'simligiga zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, hududdan 0,50 gramm tojik kavragi smolasi, 4 dona maxsus kavrak o'simligining ildizini kesishga mo'ljallangan pichoq, 3 dona tosh qayroq, 5 dona maxsus qo'lda yasalgan idish va kesib, taxlab qo'yilgan karton qog'ozlar topilib, daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo'yildi.



O'rganish natijasida o'simlik dunyosiga jami 403 million 425 ming so'm miqdorida zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan to'plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ushbu hududda joriy yilning iyul oyida tojik kavragiga ikki marta shikast yetkazilgan edi – bir marta 2532 ta (1 milliard 253 ming so‘m zarar) va ikkinchi marta  753 ta kavrak (372 million 735 ming so‘m zarar).

Фойдали манбалар