Huquqbuzar qum-shag'al qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi
03.
08. 2023
12:12
2234
Янгиликлар

Navbahor tumani Ekologiya bo'limi davlat inspektorlari tomonidan  "Paxtabod" mahallasining cho'l hududida  nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida fuqaro J. U. noqonuniy ravishda qum-shag'al qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to'xtatildi. 

Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqaroga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

J. U. tabiatga 732 ming 500 so'm zarar yetkazganligi aniqlandi. Huquqbuzarligi uchun esa 3 mln 300 ming so'm miqdorida  jarima belgilandi. Fuqaro jami 4 million 32 ming 500 so'm to'laydigan bo'ldi.

Фойдали манбалар