Navoiyda 3 tup tut daraxtini kesgan rahbarga 92 million 400 ming so‘m jarima solindi
07.
08. 2023
11:03
2772
Янгиликлар

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Navoiy shahar hududida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Tong” majmuasi hududida "Innovatsion Group Navoiy" MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganida 3 dona tut daraxti tag qismidan kesib tashlanganligi aniqlandi.



Holat yuzasidan MCHJ rahbari R.A.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 92 mln 400 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Фойдали манбалар