Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlandi
09.
08. 2023
11:58
2080
Янгиликлар

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan Shahrisabz tumanida navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.



Tadbir davomida "Hisor" davlat qo'riqxonasi va Shahrisabz ixtisoslashgan davlat o'rmon xo'jaligi hududidan oqib o'tuvchi Tanxozdaryo daryosi irmog'ida fuqarolar tomonidan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlandi. 

Ma'lumot uchun, Amudaryo gulbalig'i yo'qolib borayotgan kenja tur hisoblanib, O'zbekiston Qizil kitobi va SITES konvensiyasi (Qizil kitobga va Yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to'g'risidagi Konvensiya) ilovasiga kiritilgan.

Noqonuniy ov natijasida tabiatga 133 mln 650 ming so'm zarar yetkazilgani ma'lum bo'ldi. 

Holat bo'yicha surishtiruv ishlarini olib borish va qonunbuzarlarga nisbatan chora ko'rish maqsadida to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Фойдали манбалар