Belgilanmagan joyga tashlangan chiqindi uchun 1 650 000 so'm jarima belgilandi
09.
08. 2023
14:34
1970
Янгиликлар

Toshkent viloyati, Zangiota tumanida chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo'ldi. Holat Ekologiya vazirligi tomonidan hududda o'rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan holat o'rganilib, "Ulug'bek" MFY, Bo'zsuv hududida X.M. belgilanmagan joyga chiqini tashlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91prim 1-modda 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 650 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Фойдали манбалар