Yangiyo'lda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar jarimaga tortildi
15.
08. 2023
11:27
1951
Янгиликлар

Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahri, "Navro‘z" MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo'ldi. 

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi. 

Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan holat o'rganilganida 1993-yilda tug'ilgan fuqaro X. A. davlat raqami "01 Z 137 YB" bo'lgan "Spark" rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan hududga noqonuniy chiqindi tashlangani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. X. A. 990 000 soʼm miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар