Jizzaxda ko'chatlar qurib qolganligi sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga jarima solindi
16.
08. 2023
14:00
2652
Янгиликлар

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Baxmal tumani bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi.  

Reyd davomida Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Fidokor" MFY hududiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali ko‘chatlarning 450 tupi suvsizlik natijasida qurib qolganligi ma'lum bo'ldi. Bu bilan "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunning 4,24,32-moddalari talablari buzilgan.

Holati yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘iga MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Фойдали манбалар