O‘zbekiston birinchi marta har yili o‘tkaziladigan "Wiki loves monuments" (“Viki yodgorliklarni sevadi”) xalqaro fototanlovida ishtirok etmoqda.
Tanlov 2010-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va tarixiy binolar hamda diqqatga sazovor joylarga bag‘ishlangan. Bu yil 40 dan ortiq davlat ishtirok etmoqda.
"Wiki loves monuments"da qatnashish uchun 2023-yil 1–31-oktabr kunlari O‘zbekiston madaniy merosi obyektlarini suratga olib, "Wikimedia Commons"ga yuklashingiz kerak.
Tanlov doirasida O‘zbekistondagi tarixiy obidalarning kamida 5000 ta fotosurati yuklanishi, shuningdek, o‘zbek va rus tillarida 100 ta maqola yaratilishi kutilmoqda.
"Wiki loves monuments" Oʻzbekistonda "Wikimedia Foundation" va Ekologiya vazirligi koʻmagida oʻzbekzabon "Wikimedia" guruhi va ruscha Vikigidlar hamjamiyati tomonidan tashkil etilmoqda.
Eng yaxshi ish mualliflari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovning oʻzbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi batafsil shartlari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://commons.wikimedia.org/wiki/Commons:Wiki_Loves_Monuments_2023_in_Uzbekistan/uz?uselang=ru