Yangiyo‘lda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
24.
08. 2023
16:43
2237
Янгиликлар

Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahri, "Yangibog‘" MFY hududiga oʼrnatilgan kuzatuv kamerasiga yana bir chiqindi bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi.

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiyoʼl shahar boʼlimi inspektorlari hamda viloyat Ichki Ishlar bosh boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan holat oʼrganildi. Natijada Yangiyoʼl shahar, "Olmos" MFY, "Gulobod" koʼchasida istiqomat qiluvchi 1991-yilda tugʼilgan fuqaro G.D. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. G.D. 1 million 650 ming soʼm miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар