Xorazmda noqonuniy tarzda qum qazigan fuqaroga jarima solindi
04.
09. 2023
11:10
2091
Янгиликлар

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiariq tuman bo'limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida "Bayot" mahallasi hududida fuqaro S.T. foydali qazilma bo'lgan qumni noqonuniy ravishda qazib olgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning  70-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Holat natijasida tabiatga 2 million 70 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi, S.T.ga esa qilmishi uchun BHMning 10 barobari — 3 million 300 ming so'm miqdorida jarima qo‘llanildi. 

Huquqbuzar yetkazilgan zarar va jarima, ya'ni 5 million 370 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.

Фойдали манбалар