Navoiyda huquqbuzar qum-tosh aralashmasini kovlab olayotgan vaqtida to'xtatildi
06.
09. 2023
15:00
1768
Янгиликлар

Xatirchi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan “Bug‘irdoq” mahallasining cho‘l hududida  nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqaro Y. L. o‘z  boshqaruvida bo‘lgan ekskavator yordamida noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-tosh aralashmasini o‘z maqsadi uchun kovlab olayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  Y. L. BHMning 20 baravari, ya'ni 6 mln 600 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар