Qoraqalpog‘istonda 1000 dan ortiq tuvaloq qushi tabiatga qo'yib yuborildi
11.
09. 2023
16:21
3236
Янгиликлар

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi va “Falcon hunting solutions” kompaniyasi tomonidan 1002 ta yo‘rg‘a tuvaloq qushi Qo‘ng‘irot tumanidagi "Borsa-kelmas" va "Jasliq" hududlariga qo'yib yuborildi. 

Tuvaloq yo'qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush hisoblanadi va O‘zbekiston Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. 

Ma'lumot uchun, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2017-yildan bugunga qadar jami 15 ming 753 bosh yo'rg'a tuvaloq tabiatga uchirilgan.

Фойдали манбалар