16-sentabr kuni Respublika bo‘ylab “Butunjahon tozalik kuni” keng nishonlanadi
15.
09. 2023
12:47
2484
Янгиликлар

16-sentabr kuni butun respublikamizning barcha hududlarida “Butunjahon tozalik kuni” keng nishonlanadi.

Xususan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomativ” o‘yingohi orqasida joylashgan istirohat bog‘ida ham atrof-muhitni toza saqlashga qaratilgan qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. 

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi, Sanoat-qurilish bank hamda “Coca-cola” hamkorligida tashkil etilmoqda. 

Dastlab “UzPlogging” aksiyasiga start beriladi. Unda ko‘ngillilar belgilangan hududda ma’lum vaqt oralig’ida plastik chiqindilarni to‘plashadi. Keyin esa “Clean game” o‘yinlari o‘tkazilib, belgilangan hududda chiqindilar saralab yig‘iladi. 

Shuningdek, tadbir davomida “Pokiza insonlar” ko‘ngillilar jamoasi tomonidan daraxtlar turli iplar va boshqa zararli narsalardan tozalanadi.

Tadbirning ikkinchi qismi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida o‘tkaziladi. Unda ekologik toza va qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanadi. 

Bundan tashqari, chiqindi yig‘ish shaxobchalari va qayta ishlovchi korxonalar faoliyatiga oid videorolik, chiqindilarni saralash va zararli chiqindilarni to‘g’ri saqlash bo‘yicha master-klass taqdim etiladi.

Tadbir davomida ekologiya sohasida, xususan, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash borasida fidoiy mehnat qilib kelayotgan korxona va tashkilotlar, xodimlar taqdirlanadi.

Tadbir yakunida estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi ham bo‘lib o‘tadi.  

Boshlanish vaqti: soat 09:30
Lokatsiya: tadbirning 1-qismi , tadbirning 2-qismi

Фойдали манбалар