Andijonda daraxtlarni kesganlarga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
19.
09. 2023
11:06
3913
Янгиликлар

Joriy yilning 4-aprel kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanida yashovchi fuqarolar — A.A. hamda M.I. o‘zaro til biriktirib, uch tup gʻarb chinori daraxtlarini go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotganligini va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganligini ro‘kach qilib kesib yuborishgan. 

Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.

Holat Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura tomonidan esa A.A. va M.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va daraxtlarni kesganlarga sud hukmi o‘qildi. 

Hukmga ko‘ra, uch tup gʻarb chinori daraxtlarini kesganlarning har biriga keltirilgan zararni qoplash bilan birga, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Фойдали манбалар