Toshkentda 9 ta bedana noqonuniy ovlanganligi aniqlandi
01.
10. 2023
15:57
1650
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududlarida tezkor reyd tadbirlari o'tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent shahri Sergili tumani Qumariq mahallasi hududida taqiqlangan ov qurollari yordamida 9 ta bedana ovlaganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari - 1 million 650 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, noqonuniy ov qurollari qonuniy to'xtamga kelgunga qadar vaqtinchalik olib qo'yildi. 9 ta bedana esa davlat inspektorlari tomonidan tabiat qo'yniga qo'yib yuborildi.

Фойдали манбалар