WLM: O‘zbekistonda xalqaro fototanlov boshlandi
04.
10. 2023
11:25
1726
Янгиликлар

2023-yil 1-oktabrda O‘zbekistonda "Wiki love monuments" (Wiki yodgorliklarni sevadi) yodgorliklarni sevadi xalqaro fototanlovi boshlandi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston tanlovda ilk bor ishtirok etmoqda.

"Wiki loves monuments" (WLM) — sentabr-oktyabr oylarida turli mamlakatlardagi Vikimediachilar tomonidan o‘tkaziladigan yillik xalqaro fototanlov. Maqsad tarixiy me’moriy merosga e’tibor qaratishdir.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2023-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini suratga olishingiz va ularni "Wikimedia Commons"ga yuklashingiz kerak.

O‘zbekistonning tanlovda ishtirok etishidan maqsad respublikaning madaniy merosiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va turizmni rivojlantirishdan iborat. Tanlovning Respublika bosqichi Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, "Wikimedia" fondi va UNESCO koʻmagida Rossiyaning “WikiGid” jamiyati aʼzolari bilan birgalikda oʻzbekzabon vikimediachilar guruhi tomonidan tashkil etildi.

Eng yaxshi fotosurat mualliflari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovning Oʻzbekistonda oʻzbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida oʻtkazilishi shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://commons.wikimedia.org/w/index.php?title=Commons:Wiki_Loves_Monuments_2023_in_Uzbekistan/ru&uselang

Xalqaro tanlovda ishtirok etuvchi mamlakatlarning toʻliq roʻyxati bilan esa quyidagi havola orqali tanishasiz:
https://commons.wikimedia.org/wiki/File:Participating_Countries_WLM_2023.svg

Фойдали манбалар