Yer xalqaro kuni
10.
10. 2023
12:26
1471
Тадбирлар

Sent-Ekzyuperi qahramoni – Kichkina shahzodaning: «Ertalab turib yuvindim, o‘zimni tartibga keltirdim va so‘ng darhol o‘z sayyoramni tartibga keltirdim», degan so‘zlarini bilmaydigan odam topilmasa kerak. O‘z sayyorasini tartibga keltirish nima ekanligi esa bizda hammaga ham ma’lum emas. 22 aprelda butun dunyo Yer kunini nishonlashi ham. Yer kurrasi taxminan 4600000000 yil oldin paydo bo‘lgan. Nollarning mazkur miqdoriga ega bo‘lgan sonni tasavvur qilish ham mumkin emas. Tushunish uchun barcha nollarni o‘chirib, uni sun’iy ravishda kamaytiramiz. Endi biz Yer kurrasi 46 yil oldin paydo bo‘lgan deb ayta olamiz. Yer kurrasi mavjudligining dastlabki yetti yili haqida biz hech narsa bilmaymiz. Yer kurrasi mavjudlik davrining o‘rta qismidan bizga faqat ayrim fragmentlar ma’lum. Yer 42 yoshga to‘lganda unda hayot paydo bo‘la boshladi. Dinozavrlar bir yil oldin (Yer 45 yoshga to‘lganda), sut emizuvchilar esa – sakkiz oycha muqaddam paydo bo‘ldi. Oxirgi haftaning o‘rtasida ilk odamsimon maymunlar paydo bo‘ldi, uning oxirida esa Yerda muz davri boshlandi. Hozirgi odam atigi 4 soat oldin paydo bo‘ldi! So‘nggi soat davomida u yerga ilov berishni o‘rgandi, bir minut oldin esa birinchi fabrika ishlay boshladi. Shu oxirgi 60 sekund ichida inson Yerni haqiqiy axlatxonaga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

Фойдали манбалар