Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Sirdaryo suv havzasi sho‘basi davlat inspektorlari tomonidan Chinoz tumani “Аhillik” MFY hududidan oqib oʼtuvchi Chirchiq daryosi bo‘yida tungi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tungi soat 03:00 atrofida Yangiyoʼl tumani Niyozboshi MFY, Zargʼaldoq koʼchasida yashovchi 1991-yilda tugʼilgan fuqaro X.Sh. hamda shu hududda yashovchi 1980-yilda tugʼilgan fuqaro B.Sh. lar noqonuniy baliq ovlayotgani aniqlandi.
Holat o'rganilganida huquqbuzarlar 7 bosh zogʼora baliq, 4 bosh oq baliq va 1 bosh tovon baliq, jami 12 bosh baliq ovlashgani maʼlum boʼldi.
Holat yuzasidan hayvonot dunyosiga 7 million 600 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlanib, huquqbuzarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayyonoma rasmiylashtirildi.
Hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudiga yuborildi.