Andijonda mahalla raisi ikki tup daraxtni kesganligi aniqlandi
01.
11. 2023
14:11
1952
Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanidagi "Yangiobod" MFYda ikki tup daraxt noqonuniy kesilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.  O‘rganish davomida "Yangiobod" MFY idorasi yonidagi ikki tup daraxt mahalla raisi V. U. tomonidan kesilganligi aniqlandi. Natijada o‘simlik dunyosiga  57 mln 750 ming so‘m miqdoridagi zarar yetkazilgan. 

Holatga huquqiy baho berish va qonunbuzarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etildi.

Фойдали манбалар