Rasmiy munosabat!
02.
11. 2023
14:51
1981
Янгиликлар

29-oktabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron tuman hududida dala maydonlarida yongʻin chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushgan.

Mazkur maʼlumot asosida Bosh prokuratura va viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, ma'lumot o‘rganildi. O‘rganish natijasida "Toshkent-Ohangaron A-373" avtotransport yoʻli va dalalar xatlovdan oʻtkazilganda yongʻin chiqish holatlari aniqlanmadi. 

"Ishchi guruh tomonidan olib borilgan oʻrganishlar davomida Ohangaron tumanida joylashgan “YANGI ANGREN IES” AJga yaqin hududlardagi issiqxonalarga o‘rnatilgan lyuminessent lampalardan kunning kechki paytlarida sariq rang nur taralayotganligi ma'lum bo‘ldi, — dedi Ohangaron tumani Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Shohrux Xolboyev. — Shu nur yongʻinga o‘xshab ko‘ringan. Hozirda hudud inspektorlar tomonidan toʻliq nazorat qilinmoqda".

Ta'kidlash joizki, hududda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida A-373 avtotransport yoʻli va dalalarda angʻiz, xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmaslik kerakligi, bu holatlar qonun buzilishi hisoblanib, javobgarlik belgilanganligi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari, tegishli koʻrsatmalar va tushuntirish ishlari olib borildi.

Фойдали манбалар