"Yong‘in xavfsizligi oyligi"da faol ishtirok eting!
22.
11. 2023
19:51
1821
Янгиликлар

Ayni damda respublika hududida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda. Oylik 15-dekabrgacha davom etadi.

Tadbir doirasida jamoatchilik orasida yong‘in holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan barg, xazon va turli o‘simliklar qoldiqlarini yoqmaslik kerakligi, bu atrof-muhitning ifloslanishiga, atmosferaga zaharli moddalar tarqalishiga sabab bo‘lishi ta'kidlanmoqda. 

Diqqat! Barg va turli o‘simliklar qoldiqlarini yoqish huquqbuzarlik hisoblanadi va qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Hurmatli yurtdoshlar! Sizdan yong‘in xavfsizligi oyligida faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz. Unutmang, ekologiyaga barchamiz birdek mas'ulmiz.

Фойдали манбалар