Surxondaryoda tadbirkorlik subyekti tomonidan tabiatga  52 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
30.
11. 2023
15:30
1134
Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Sangardak Tosh” MCHJda  tegishli tartibda ekologik tekshiruv o‘tkazildi. 

Tekshiruv davomida “Sangardak Tosh” MCHJga qarashli Sariosiyo tumani “Anorzor” mahallasida joylashgan “Tosh saralash va maydalash” sexi tomonidan tuman hududidan oqib o’tuvchi “Obizarang” daryosi yoqasidan qum-shag’al xomashyosi  noqonuniy tarzda qazib kelinganligi aniqlandi. 

Bu bilan O’zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to’g’risidagi” Qonunning 33-36-40-moddalari, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunning 17-18-moddalari, “Yer kodeksi”ning 40-79-90-moddalari  hamda O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2018-yil  9-iyuldagi  “Ichki bozorni qum-shag’al  materiallari bilan barqaror ta’minlash bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida”gi 3841-sonli qarori talablari buzilgan. 

Holat yuzasidan “Sangardak Tosh” MCHJ rahbari M.X.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 70prim 1-moddasining 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, tabiatga 52 million 260 ming so’m zarar yetkazilganligi ma’lum bo’ldi.

Belgilangan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to’plangan hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Фойдали манбалар