Mashinasidan ko‘chaga chiqindi uloqtirgan huquqbuzar jarimaga tortildi
01.
12. 2023
14:45
1676
Янгиликлар

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi. 

O‘rganish natijasida tumandagi "Rahmat Fayziy" ko‘chasida fuqaro o‘z mashinasini boshqarib ketayotib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma'lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91 Prim 1-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro qilmishi uchun BHMning bir barobari — 330 ming so‘m (noyabr oyi holatiga ko‘ra) miqdorida jarimaga tortildi.

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlamang! Atrof-muhitga zarar keltirib, o‘zingiz va yaqinlaringiz nafas oladigan havoni ifloslantirmang! Ekologiya tozaligi uchun barcha birdek mas'uliyatli ekanligini unutmang!

Фойдали манбалар