Surxondaryoda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali yana bir huquqbuzarlik bartaraf etildi
18.
12. 2023
11:41
1554
Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.

O‘rganish natijasida fuqaro G.X. tumandagi "Bobotog‘" mahallasi hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlandi. Unga nisbatan MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga nisbatan BHMning bir barobari — 340 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Ma'lumot uchun, dastlab Termizda 10 ta hududda onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgandi. Yaqinda esa yana 15 ta shunday kameralar olib kelindi. (https://t.me/ecogovuz/44367) Bu kuzatuv kameralari nafaqat noqonuniy joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni tezkorlik bilan aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etishga va tegishli choralarni ko‘rishga imkoniyat yaratadi.

Фойдали манбалар