Chirchiq daryosi hududiga qurilish chiqindilari tashlab ketilayotganligi aniqlandi
15.
01. 2024
14:33
2400
Янгиликлар

Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari tomonidan Chirchiq daryosida navbatdagi reyd tadbirlari olib borildi.

Reyd davomida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Chirchiq daryosining muhofaza hududiga yuk mashinasi yordamida qurilish chiqindilari to‘kilayotganligi aniqlandi.

O‘rganish natijasida fuqaro M.D. daryo hududiga chiqindilar to‘kib, to‘g‘on hosil qilgan. U bu qonunbuzarligini Quyichirchiq tumanidagi fermer xo‘jalik yerlarini sug‘orish maqsadida Chirchiq daryosining bir o‘zanidan foydalanish uchun amalga oshirganini ta'kidlagan. 

Fuqaro bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketavergan. 

Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda va hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Фойдали манбалар