Endi soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik masalasi 3 yil ichida ko‘rib chiqiladi
16.
01. 2024
11:24
1648
Янгиликлар

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (ORQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi.

Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, to‘lanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq bo‘lmagan bojxona yig‘imlarini bojxona hududida to‘lash belgilandi.

Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlashga oid o‘zgartirish kiritildi. Shu paytga qadar bu muddat 5 yil edi.

Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi (qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):

— soliq to‘lovchi hududiga kirish;

— soliq to‘lovchi hududi va binolarini ko‘zdan kechirish;

— soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

— soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik masalasi 3 yil ichida ko‘rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).

Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta'lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.

Quyidagilarga qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari 2028-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi:

O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

O‘zbekistonning norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;

O‘zbekistonning rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.

Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirdi.

Фойдали манбалар