Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga ko‘ra, joriy yilning 1-aprelidan chiqindi bilan bog‘liq xizmatlar uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi.
Unga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Yaʼni, masalan, amaldagi xizmat qiymati 4 000 so‘mni tashkil etsa, 1-apreldan boshlab ushbu qiymatga nisbatan 12 foiz miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘m bo‘lib, 12% qo‘shilgan qiymat solig‘i (480 so‘m) bilan hisoblanganda 4 480 so‘mni tashkil qiladi.
Yuqoridagi o‘zgarish Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 891-son Qonuniga koʻra amalga oshiriladi.