Toshkentdagi xonadonlardan birida Turkiston oq laylaklari saqlanayotganligi aniqlandi
05.
02. 2024
10:53
2509
Янгиликлар

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tumani bo’limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd davomida tumandagi “Guruchariq” mahallasi xonadonlarining birida 1 juft, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston oq laylaklari saqlanayotganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi. Natijada fuqaro B. A. qushlarni o‘tgan yilning yoz oyida Sirdaryo viloyatida qanotlari singan holda topib olganligi hamda ularga yordam ko’rsatib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlandi. 

Fuqaroga yovvoyi, shuningdek, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonzotlarni uyda noqonuniy saqlash mumkin emasligi tushuntirildi. Oq laylaklarb esa tabiat bag'riga qo’yib yuborildi.

Фойдали манбалар