Toshkent shahri va 7 ta viloyatga 8 avtomatik stansiya olib kelindi
28.
02. 2024
15:11
2391
Янгиликлар

"Zamin" fondi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining "Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi davom etmoqda.

Loyiha doirasida Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga navbatdagi 8 ta avtomatik stansiya olib kelindi.  

Uskunalar sozlanib, test sinovlari yakunlangach, yagona ma’lumotlar bazasiga ulanadi. Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligining hududlardagi xodimlari o‘qitiladi. Stansiyalardan olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz milliy platformasiga uzatib boriladi.

Фойдали манбалар