Surxondaryoda daraxtlar beton qoplamalardan tozalandi
05.
03. 2024
12:37
1976
Янгиликлар

Bosh prokuroratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida Surxondaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borilmoqda. 

O‘rganish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bahorgi mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, “Alpomish” MFY hududida tashkil etilgan “Ekologiya bogʻi” hamda Nuroniylar choyxonasi yaqinidagi “Eko bogʻ” hududida mavjud daraxtlarning ostki qismi betonlanganligi aniqlanib, beton qoplamalardan tozalandi. 

Shu bilan birga, oʻrganishlar natijasida yuqorida qayd etilgan holatlar va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha soha masʼullariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

O‘rganish davom etmoqda.

Фойдали манбалар