Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi
07.
03. 2024
14:43
2238
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Ekologiya vazirining Birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov, vazir o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov, Hisob palatasi mas’ul xodimlari, vazirlikning hududiy boʻlinma va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 16-yanvar kuni “2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar” yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi oʻrtasida 2024-yil 12-fevraldagi Qoʻshma qarori qabul qilindi. 

Qoʻshma qarorga asosan, Ekologiya vazirligi tizimida Davlat byudjeti mablagʻlari maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat tizimini oʻrnatish asosiy maqsad qilib belgilandi. 

Yig‘ilishda Qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Фойдали манбалар