Orol turizm haftaligi: Mo‘ynoqda eko-marafon bo‘lib o‘tdi va eng yaxshi oshpazlar aniqlandi
19.
04. 2024
14:22
2493
Янгиликлар

18-aprel kuni Orol turizm haftaligi doirasida Mo‘ynoqda “Aral Sea Eco Race” eko-marafoni va “Orolning 99 xil taomi” festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston oshpazlar uyushmasi, Prorun yugurish maktabi vakillari, ekologlar, maktab o‘quvchilari va talabalar, ekologiya faollari, sayyohlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Marafonda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, ekologiya faollari, Orol dengizi tarixiga qiziquvchi sayyohlardan iborat 200 nafar kishi ishtirok etdi. Eng keksa ishtirokchi 70 yoshda, eng yosh ishtirokchi esa 7 yoshda edi.

Eko-marafonning umumiy masofasi 2 kilometrni tashkil etdi. Konsepsiyaga ko‘ra, poyga davomida ishtirokchilar 1 km masofaga yugurgandan so‘ng daraxt ko‘chati ekishdi. Har bir ishtirokchida o‘zining shaxsiy raqamiga daraxt ekish faktini qayd etgan noyob chip bor edi.

Marafonda final chizig’iga yetib kelgan har bir ishtirokchiga tabiatni asrash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medal berildi. Shuningdek, musobaqa natijalariga ko'ra, oltita eng tezkor erkak va ayollar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, Orol turizm haftaligi doirasida  “Orolning 99 xil taomi” gastronomik festivali boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqal’a, Qoʻngʻirot, Bo’zatov, Taxtakoʻpir, Taxiatosh, Qorao’zak tumanlari oshpazlari ishtirok etib, baliqdan turli taomlar tayyorlash bo’yicha bellashishdi.

Festival yakunlariga ko‘ra, Ellikqal’a, Bo’zatov va Beruniy tumanlari oshpazlari sovrinli o’rinlarni egallashdi.

Фойдали манбалар