Bir nechta daryo o'zanlarida noruda materiallarni qazib olishga moratoriy kuchga kirmoqda!
30.
04. 2024
15:24
2228
Янгиликлар

2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. 

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-sonli farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuqoridagi daryo hududlariga tushish, o’zan tozalash ishlarini amalga oshirish, qum-shag’al qazib olish taqiqlanadi. Shuningdek, bu daryolarga shartnoma va litsenziyalarni rasmiylashtirish mumkin emas.  Moratoriy e’lon qilingan hududlarda qum-shag’al qazib olayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati endi tog‘li yoki tog‘oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalariga yo‘naltiriladi. 

Unutmang!

Moratoriy davrida qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi. 

Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan noqonuniy qum-shag’al materiallarini qazib olishga qarshi doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat’iy jazolanadi!

Фойдали манбалар