Tabiat resurslari vazirligi delegatsiyasi ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini xaritalash bo‘yicha seminarda ishtirok etdi
25.
04. 2023
11:03
2790
Янгиликлар

Joriy yilning 17-21-aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida nazariy va amaliy seminar bo'lib o'tdi. Tadbir Rossiya fanlar akademiyasi Geografiya instituti, Moskva davlat universiteti hamda Birlashgan Millatlar tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) tomonidan tashkil etildi.

Xaritalash va masofaviy zondlash ma'lumotlarini qayta ishlash usullari hamda vositalari mavzusiga bag'ishlangan seminarda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Tabiat resurslari vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.



Mazkur seminarda Markaziy Osiyoda atrof-muhitni monitoring qilishga yordam beradigan ma'lumotlar olish va ulardan unumli foydalanish, bu borada texnologiyalarni samarali ishlatishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, sun'iy yo'ldosh monitoringi va quruq hududlardagi ekotizimlarning tuzilishi va dinamikasini xaritalash, yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligi yerlarining holatini baholash, qishloq xo'jaligi muammolarini hal qilish uchun uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanishning texnologik va uslubiy xususiyatlari amalda qo‘llanildi.

Qolaversa, Rossiya fanlar akademiyasi Geografiya instituti, Moskva davlat universitetining malakali professor va ilmiy-tadqiqot xodimlari tomonidan Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi oqibatlari, hududlarda tabiiy ofatlar yildan-yilga jiddiy zarar yetkazishi haqida tushunchalar berildi. 



Shu bilan birga, zararlarni baholash va mavsumiy monitoringni olib borish hamda tahliliy natijalar mavzusiga ham to'xtalib o'tildi.

Seminar natijasida QGIS, ArcGis Soft dasturi yordamida xaritalash va masofadan zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha yechimga erishildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Фойдали манбалар